Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pokistonning Oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqotlar vazirligi hamda O‘simliklar himoyasi departamenti vakillari 24-29 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradilar, deb xabar beradi IA «Dunyo».
Tashrif O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi karantin va o‘simliklar himoyasi agentligi tashabbusi hamda O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan.
Pokiston delegatsiyasiga Oziq-ovqat xavfsizligi va tadqiqotlar vaziri o‘rinbosari Nilofar Hafiz rahbarlik qiladi.
Muzokaralar doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini ko‘paytirish va fitosanitariya ruxsatnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, Pokiston delegatsiyasi a’zolari Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlariga tashrif buyurib, meva va sabzavotlarni yetishtirish sharoitlari va ularning sifati bilan tanishadilar.