Pokiston delegatsiyasi Farmatsevtika agentligiga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Pokistonning Sahival shahri Savdo-sanoat palatasi va Sanoatchilari uyushmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibida Nutrix Health Care va Ammer Labs (Pvt) Limited kabi farmatsevtika kompaniyalari vakillari ham qatnashdi.
Agentlik direktori Abdulla Azizov tomonidan Tashkent Pharma Park loyihasi hamda investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Uchrashuv davomida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish, ro‘yxatdan o‘tkazish va bozorga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro maʼlumot almashish va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.