Pekinda Oʻzbekiston-Xitoy investitsiya forumi boʻlib oʻtadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 28-avgust kuni Pekinda (Xitoy Xalq Respublikasi) «O‘zbekiston – Xitoy» savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir doirasida ikki mamlakatning keng iqtisodiy salohiyati namoyish etiladi hamda investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Forum dasturida hukumat va biznes tuzilmalari o‘rtasida (G2B), shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida (B2B) muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Forum biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali platformaga aylanadi.
Forumda ishtirok etish biznes uchun yangi ufqlarni ochadi, hamkorlik aloqalarini kengaytiradi va o‘zaro hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi.