“O‘zgidromet” tog‘li hududlarda kuchli ko‘chki xavfi haqida ogohlantirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20 martdan 25 martgacha O‘zbekistonning olti viloyatida tog‘li hududlarda ko‘chki xavfi yuqori ekani eʼlon qilindi. “O‘zgidromet” maʼlumotlariga ko‘ra, bu xavf kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Eng yuqori ko‘chki xavfi quyidagi hududlarda kuzatilmoqda:
— Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Qamashi, Kitob, Shahrisabz tumanlari.
— Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqurg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari.
— Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari.
— Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari.
— Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent tumanlari (Chotqol tog‘ tizimasi).
— Namangan viloyati: Pop tumani.
Tog‘li hududlarda yashovchi aholi va mehmonlar, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari va ob-havo prognozini inobatga olishlari tavsiya etiladi.