Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 14/03/2025 “O‘zeltexsanoat” va “Sergi Transformer Protector” kompaniyasi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

“O‘zeltexsanoat” va “Sergi Transformer Protector” kompaniyasi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Fransiyaning “Sergi Transformer Protector” kompaniyasi biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha boshqaruvchisi Kanimet Tohlukov bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

“Sergi Transformer Protector” kompaniyasi energetika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, elektr transformatorlarini himoya qilish bo‘yicha innovatsion yechimlar ishlab chiqadi.

Kompaniya butun dunyo bo‘ylab turli energetika tarmoqlari bilan hamkorlik qilib, xavfsizlik va samaradorlikni oshirishga yo‘naltirilgan mahsulotlarni taklif etadi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston elektrotexnika sanoatining rivojlanishi, xorijiy investorlarga yaratilgan imkoniyatlar va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uyushma raisi mamlakatimiz elektrotexnika sohasiga oid ma‘lumotlar taqdim etib, o‘zaro manfaatli loyihalar bo‘yicha hamkorlik takliflarini bildirdi.

Mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekiston sanoatining xalqaro bozorda o‘rnini yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling