“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik jamiyati va Sichuan provinsiyasi korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Xitoyning Sichuan viloyatidan kelgan 15 ga yaqin yirik korxonalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Sichuan International Chamber of Commerce for the Machinery Industry, Donglin Innoway (Chengdu) Technology, Sinoseal Holding, Sichuan Rongtai Jieneng Machinery va boshqalar shular jumlasidan.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yaratilgan investitsion muhit va xorijiy investorlar uchun mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilg‘or texnologiyalarni mahalliy ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, elektrotexnika va mashinasozlik sohasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va investitsion hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.