Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 16/11/2024 O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

 Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda zilzila qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmoprognostik monitoringi markazi xabar berdi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari 2024-yil 15-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:59 da sodir bo‘lgan.

Zilzila epitsentri Navoiy viloyatining Tamdin tumanida joylashgan.

Epitsentr koordinatalari: 41,42° shimoliy kenglik, 64,1° sharqiy uzunlik. magnitudasi 3,9 ni tashkil etdi. Manbaning chuqurligi 15 kilometrni tashkil etadi.

Zilzila o‘chog‘idan Toshkentgacha bo‘lgan masofa shimoli-g‘arb tomon 427 kilometrni tashkil etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling