O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 16,6 mingdan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 09/09/2025
$1 – 12439.41
UZS – -0,65%
€1 – 14583.96
UZS – -0,34%
₽1 – 151.87
UZS – -1,19%
Qidirish
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 16,6 mingdan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 16,6 mingdan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 16,6 mingdan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 avgust holatiga respublikamizda chet el investitsiyasi ishtirokida 16 609 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Shundan 4 094 tasi qo‘shma va 12 515 tasi xorijiy korxonalardir.

Ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi 35,9 % - savdo sohasiga to‘g‘ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan: savdo sohasida — 5 960 ta, sanoat sohasida — 3 449 ta, qurilish sohasida — 1 248 ta, axborot va aloqa sohasida — 1 220 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 704 ta, tashish va saqlash sohasida — 551 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 404 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida — 197 ta. Qolgan tarmoqlarga 2 876 ta korxona to‘g‘ri keladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling