Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 15/03/2025 O‘zbekistonda GIZ bilan ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekistonda GIZ bilan ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Jamshid Abruyev Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda GIZning O‘zbekistondagi baholash missiyasi yakunlari va “Ijtimoiy zaif aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va inklyuziyasini qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha yangi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Yangi loyihaning ishga tushirilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ayollar uchun ijtimoiy himoyaning sifati, samaradorligi va qulayligini oshirishda muhim qadam bo‘ladi.

Tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdilar, jumladan:

• aholining zaif qatlamlari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va ijtimoiy xizmatlar tizimini yaxshilash;

• ijtimoiy himoya sohasida raqamli yechimlarni rivojlantirish, shu jumladan xizmatlarni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellektni joriy etish;

• ijtimoiy xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Yakunda tomonlar loyihani samarali amalga oshirish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida kelishib oldilar hamda ushbu loyiha O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, aholi ehtiyojlariga yo‘naltirilgan yanada samarali va inklyuziv ijtimoiy himoya tizimini yaratishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling