Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 12/08/2025 O‘zbekistonda blogerlar bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda blogerlar bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan reklamalarning amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan tizimli o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan o‘rganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yuz minglab kuzatuvchilariga ega bo‘lgan blogerlar o‘zlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.

Xususan, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlandi:

fuqaro Shamsiddinov Amirxon O‘tkir o‘g‘li (amirxon_uzbek);

fuqaro Ilyosov Doniyor Maʼruf o‘g‘li (donik_krash).

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborildi.

Qo‘mita eslatadi: O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, mamlakat hududida qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling