O‘zbekistonda 100 ta xonadonga 356 ta mobil telefon to‘g‘ri kelmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilning yanvaridan dekabrigacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasida har 100 ta xonadonga o‘rtacha 356 ta mobil telefon to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklarini tanlab o‘rganish natijalariga asoslanib xabar berdi.
Oxirgi yillarda statistik maʼlumotlar aholining mobil qurilmalar bilan taʼminlanganlik darajasi keskin o‘sganini ko‘rsatmoqda.
Xususan, 2005 yilda 100 ta xonadonga atigi 79 ta mobil telefon to‘g‘ri kelgan.
2010 yilga kelib bu ko‘rsatkich 145 taga yetgan, 2015 yilda esa 234 taga oshgan. 2020 yilda 100 ta xonadonga 287 ta mobil telefon to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2024 yilda bu raqam 356 taga yetdi.