Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Iqtisod 17/07/2025 O‘zbekiston va Zhendong Group farmatsevtika loyihalari va texnologiyalar transferini muhokama qildi

O‘zbekiston va Zhendong Group farmatsevtika loyihalari va texnologiyalar transferini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida «Zhendong Group» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Zhendong Group» - Xitoyning bir qancha hududlarida joylashgan 8 ta zamonaviy farmatsevtika zavodi va 3 ta ilmiy-tadqiqot (R&D) markaziga ega. Kompaniya dorivor substansiyalar, onkologiya vositalari, kosmetika mahsulotlari hamda biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini, jumladan:

texnologiyalarni transfer qilish;

mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish;

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildilar.

Tashrif davomida Pekin shahrida joylashgan ilmiy-tadqiqot markazi ham ko‘zdan kechirildi hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan konstruktiv suhbat o‘tkazildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling