O‘zbekiston va Yaponiya “Aqlli shahar” va transport infratuzilmasini rivojlantirishni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27 mart kuni Transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov Yaponiya Er infratuzilmalar, transport va turizm vazirligi (MLIT) Umumiy siyosat byurosi Qurilish sanoati bo‘yicha Xalqaro strategiyalar ofisi direktori Kakuya Daysuke boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Yaponiyaning “aqlli shahar” yo‘nalishidagi ilg‘or texnologiyalari, ularni tatbiq qilish bo‘yicha orttirgan tajribasi hamda mazkur yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlarda “aqlli shahar” konsepsiyasini joriy etishda o‘zaro hamkorlik masallarini muhokama etishdi.