O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yishga kelishdi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Maxkamov Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi uch tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
«Hozirgi paytda O‘zbekistondan Turkmanistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud emas. Bugun biz tegishli hujjatni imzoladik va yaqin vaqtlarda mamlakatlarimiz o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi», — deya taʼkidladi vazir.
Avaza shahrida bo‘lib o‘tgan Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston yetakchilari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Transport vazirligi hamda Turkmanistonni Dovran Saburov boshqarib kelayotgan davlat “Turkmenxovayollari” (Turkmenistan Airlines) xizmati o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish haqida qo‘shma protokol imzolandi.