Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 05/08/2025 O‘zbekiston va Turkmaniston adliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Turkmaniston adliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkmanistonning Avoza shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha III konferensiyasi (LLDC3) doirasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov qator muhim uchrashuvlarda qatnashdi.

Adliya vaziri A.Tashkulov forumdagi chiqishida fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi o‘rni, mintaqaviy integratsiya va iqlim barqarorligiga erishishdagi ahamiyati, shuningdek, fuqarolik tashabbuslari orqali tizimli muammolarni hal qilish zarurligini ta’kidladi.

Akbar Tashkulov: Fuqarolik jamiyati bu shunchaki hamkor emas. Bu davlat va xalq o‘rtasidagi ko‘prik. Bu – muammolar bilan birinchi bo‘lib to‘qnash kelganlarning ovozidir. Aynan fuqarolik tashabbuslari tizimli muammolar haqida birinchi bo‘lib bong uradi, innovatsiyalarni ilgari suradi va davlatlarni inson ehtiyojlariga yaqinlashtirishga yordam beradi. O‘zbekistonda bunday tashabbuslarni amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan

Shuningdek, Turkmaniston adliya vaziri Merettagan Taganov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar 2022-yilda qabul qilingan hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli yakunlanganini qayd etib, yangi dastur loyihasi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar:

  • adliya tizimini raqamlashtirish;
  • sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish;
  • advokatura va mediatsiya rivoji;
  • yuridik kadrlar tayyorlash borasida tajriba almashish.

Uchrashuvda, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa rivojlangan davlatlarning adliya organlari bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling