Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va Turkiya ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘llari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro kun tartibiga alohida e'tibor qaratildi.
Tashqi ishlar vazirliklari ikki davlat oʻrtasida erishilgan barcha kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanliklarini tasdiqladilar.