O‘zbekiston va Slovakiya sanoat sohasida hamkorlik va sarmoyaviy sheriklikni faollashtiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15-16 iyul kunlari Bratislava shahrida Slovakiyaga amaliy tashrifi doirasida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Slovakiya Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot vaziri Denisa Sakova hamda EksimBank boshqaruvi raisi Rastislav Podhorets, shuningdek, ushbu mamlakatning yetakchi sanoat va investitsiya kompaniyalari rahbarlari muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi ishlab chiqarish tashabbuslarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq qadamlarni muhokama qilishdi. Mashinasozlik, metallurgiya, agrosanoat majmui, energetika, farmatsevtika, ekologiya, transport, moliya va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif yakunlari boʻyicha barcha eʼlon qilingan tashabbuslar boʻyicha qoʻshma yoʻl xaritasini tayyorlash, shuningdek, joriy yilning kuzida Oʻzbekistonda ikki tomonlama biznes-forum oʻtkazish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.