Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 08/08/2025 O‘zbekiston va KfW ImpexBank transport sohasida qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

O‘zbekiston va KfW ImpexBank transport sohasida qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6-avgust kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov “KfW ImpexBank”ning Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz bo‘limi rahbari Yekaterina Galitsina, bankining “Mobility Land-Based Transportation” yo‘nalishi direktori Silviya Sedlachek bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport sohasidagi istiqbolli loyihalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasida transport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalar muhokama etildi. Jumladan, Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan maxsus yo‘l texnikasini xarid qilish hamda xalqaro va mintaqaviy aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatning zamonaviy transport infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga doir qator tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Uchrashuvda milliy transport strategiyasini ishlab chiqish, yuk tashish sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etish, xususan, konteynerda tashuvlarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston hududida logistika markazlarini tashkil etish va rivojlantirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar transport va logistika yo‘nalishidagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab olishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling