O‘zbekiston va KfW bandlik va kasb-hunar ta’limi sohasida hamkorlikni chuqurlashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida KfW taraqqiyot bankining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ofisi rahbari Andreas Shnayder boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda qayd etilganidek, KfW taraqqiyot banki bilan hamkorlikda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida samarali loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shulardan biri “Kasbiy ta’limni rivojlantirish” loyihasi bo‘lib, bu respublika bo‘ylab 7 ta Kasbiy ko‘nikmalar markazini rekonstruksiya qilish, jihozlash, shuningdek, dual ta’lim sohasidagi zamonaviy talablarga asoslangan ta’lim modullarini moddiy-texnik va metodik yangilashni o‘z ichiga oladi.
Muloqotda mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati tahlili qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.