Valyuta kurslari 20/03/2025
$1 – 12926.51
UZS – -0,07%
€1 – 14092.48
UZS – -0,51%
₽1 – 156.00
UZS – -1,76%
Qidirish
Iqtisod 19/03/2025 O‘zbekiston va KFW asosiy tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va KFW asosiy tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov KFW Germaniya taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Veronika Garsiya Del Arko bilan uchrashdi.

Tomonlar amaldagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston va KFW banki o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni ko‘rib chiqdilar.

Shu nuqtai nazardan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, foydali qazilmalarni qazib olish, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Bankning texnik va moliyaviy ko‘magini jalb etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokama qilingan sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan choralar ko‘rishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling