Valyuta kurslari 20/03/2025
$1 – 12926.51
UZS – -0,07%
€1 – 14092.48
UZS – -0,51%
₽1 – 156.00
UZS – -1,76%
Qidirish
Iqtisod 20/03/2025 O‘zbekiston va IHG sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va IHG sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov “International Hospitals Group” (IHG) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda kompaniya delegatsiyasi tarkibida bosh ijrochi direktor Chester King va kompaniya vakili Latimer King qatnashdi.

International Hospitals Group (IHG) — tibbiy muassasalarni ishlab chiqish, loyihalash va boshqarishga ixtisoslashgan global tibbiy xizmat ko‘rsatish kompaniyasidir. IHG sog‘liqni saqlash sohasida innovatsion va barqaror yechimlar taqdim etish maqsadida hukumatlar, sog‘liqni saqlash xizmati ko‘rsatuvchilar va investorlar bilan hamkorlik qiladi.

Uchrashuv avvalida IHG vakillari O‘zbekiston tomoniga kompaniya faoliyati haqida ma’lumot berib, asosiy ish yo‘nalishlari, tibbiyot muassasalarini loyihalashtirish, qurish hamda boshqarish bo‘yicha keng qamrovli tajribasi, shuningdek, turli mamlakatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan xalqaro loyihalarini taqdim etdi.

Uchrashuvda sog‘liqni saqlash sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, jumladan, Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasiga asoslanib O‘zbekistonda zamonaviy tibbiyot muassasalarini boshqarish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling