Valyuta kurslari 17/07/2025
$1 – 12758.36
UZS – -0,15%
€1 – 14820.11
UZS – -0,74%
₽1 – 163.34
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 17/07/2025 O‘zbekiston va Hindiston ko‘mir sanoati sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Hindiston ko‘mir sanoati sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 16-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R. Yusupov va vazirlik mutasaddilari Hindiston Ko‘mir  vazirligi vakili Rupinder Brar rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sohaga qaratilayotgan e'tibor, investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shaffof mexanizmlar asosida tadbirkorlarga taklif etilayotgan yer qa'ri uchastkalari va boshqa masalalar haqida mehmon tomonga ma'lumot berildi.

Shuningdek, ko‘mir sanoati loyihalarini amalga oshirishda Hindiston investitsiyalarini jalb qilish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling