Valyuta kurslari 25/11/2024
$1 – 12829.07
UZS – -0,12%
€1 – 13344.80
UZS – -1,21%
₽1 – 124.91
UZS – -1,92%
Qidirish
Iqtisod 14/11/2024 O‘zbekiston va GIZ 3 million yevrolik memorandum imzoladi

O‘zbekiston va GIZ 3 million yevrolik memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 13-noyabr kuni Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Tomonlar konferensiyasi 29-sessiyasi (COP29) doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi Gemaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Katta Loyiha Direktori Ilka Starrost bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda tomonlarning o‘zaro amalga oshirayotgan loyihalarning joriy holati, xususan tomonlarning o‘zaro hamkorligida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda xususiy sektorga ko‘mak va iqtisodiy siyosatlar boʻyicha maslahatlar” loyihasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

“Oʻzbekistonda xususiy sektorga ko‘mak va iqtisodiy siyosatlar boʻyicha maslahatlar” loyihasi bo‘yicha kelishuv 2023-yil dekabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Tomonlar konferensiyasi 28-sessiyasi (COP28) doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda GIZ o‘rtasida imzolangan.

Mazkur loyiha doirasida sanoatni yashillashtirish, xususiy sektorni yashil iqtisodiyotga o‘tishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Germaniyaning 9 mln yevro miqdoridagi grand mablag‘lari jalb qilingan.

Mazkur loyiha hukumatga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoitlarni ta’minlashda, ayniqsa, “yashil” sanoatlashtirish va “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha davlat va xususiy sektor salohiyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishda ko‘mak berishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Loyiha issiqxona gazlarini oʻlchash va sertifikatlash boʻyicha ekspert bilimlarini taqdim etadi, Oʻzbekistonning xalqaro issiqxona gazlari savdosida ishtirok etishini va Yevropa ittifoqining Transchegaraviy tartibga solish mexanizmiga (CBAM) moslashishini qoʻllab-quvvatlaydi. Xususiy sektor resurslarni tejaydigan, barqaror ishlab chiqarish uchun “yashil” texnologiyalarni moslashtirishda, masalan, aylanma (sirkular) iqtisodiyot va “yashil” sanoat parklari modellari doirasida qoʻllab-quvvatlanadi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida “O‘zbekistonda xususiy sektorga ko‘mak va iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatlar” loyihasiga qo‘shimcha ravishda  3 mln yevro miqdoridagi grand mablag‘larini ajratish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling