Valyuta kurslari 17/07/2025
$1 – 12758.36
UZS – -0,15%
€1 – 14820.11
UZS – -0,74%
₽1 – 163.34
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 17/07/2025 O‘zbekiston va Germaniya Afg‘oniston kun tartibidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Germaniya Afg‘oniston kun tartibidagi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Tashqi ishlar federal vazirligining Indo-Tinch okeani siyosati, Janubiy Osiyo va Afg’oniston bo‘yicha vakili Erik Kurtsvayl bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati yuzasidan fikr almashdilar. Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalasida muntazam muloqotni davom ettirish ikki tomon uchun ham dolzarb ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va Toshkent hamda Berlin o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling