O‘zbekiston va Finlyandiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 10/09/2025
$1 – 12355.14
UZS – -0,68%
€1 – 14539.53
UZS – -0,3%
₽1 – 148.48
UZS – -2,23%
Qidirish
O‘zbekiston va Finlyandiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Finlyandiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va Finlyandiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-sentyabr kuni Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston bilan Finlyandiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda yanada kengaytirish masalalari Finlyandiya Prezidentining mamlakatimizga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Konstruktiv siyosiy muloqotlar va parlamentlararo almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024-yilda tovar ayirboshlash 24 foizga oshdi. 2022-yildan mamlakatimizda Finlyandiyaning "Nordik" universiteti muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi, kimyo, energetika, konchilik, telekommunikatsiya va boshqa innovatsion tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, jumladan, ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniq loyihalarni tayyorlash uchun Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish taklif qilindi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Nizolarni xalqaro huquq normalari asosida tinch yo‘l bilan hal etish muhimligi ta’kidlandi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling