Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston va Belarus parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Belarus parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Belarus parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida o‘tayotgan biznes-forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohada va parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Taʼkidlanganidek, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqot va oliy darajadagi tashriflar davlatlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oxirgi yillarda 5 barobarga oshdi. Sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va turizm sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Madaniy-gumanitar sohada “Sharq taronalari”, “Slavyanskiy bazar” kabi festivallar o‘tkazish orqali hamkorlik kuchaygani taʼkidlandi. Taʼlim yo‘nalishida 45 ta oliy o‘quv tashkilotlari hamkorligi yo‘lga qo‘yilib, ikki mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda.

Parlamentlararo yo‘nalishda tashriflar, qo‘shma forumlar va komissiya faoliyati izchil davom etmoqda. Joriy yilda “do‘stlik guruhi” Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaga aylantirilgani muhim qadam sifatida baholandi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga doir hujjatlar imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling