Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 06/11/2024 O‘zbekiston va AQSh tovar birjalarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSh tovar birjalarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 5-noyabr kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida AQSHning Tovar fyucherslari savdo komissiyasi (CFTC) va Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, tovar birjalari, raqobat siyosati va raqamli platformalarni tartibga solish borasida fikr almashildi.

AQSH delegatsiyasidan Kevin Pikkoli (CFTC Xalqaro ishlar boshqarmasi direktori o‘rinbosari) va Nensi Doyl (CFTCning Xalqaro ishlar bo‘yicha katta yuriskonsulti) ishtirok etdilar. Shuningdek, delegatsiya tarkibida AQSHning Tijorat vazirligi va CLDPning xalqaro dasturlar bo‘yicha mutaxassislari ham bo‘ldi.

Qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayev O‘zbekistonda tovar birjalarini rivojlantirish va fyuchers savdolarini joriy etish islohotlari ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, zamonaviy savdo mexanizmlari iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga, shuningdek, mazkur sohadagi hamkorlik mamlakatning tijorat va raqobat imkoniyatlarini oshirishda muhim o‘rin egallashi haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda tovar birjalari va raqobat siyosati sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini qayd etildi:

  • Tovar fyucherslarini tartibga solish bo‘yicha AQSHning tajribasini o‘rganish
  • Fyuchers savdolarini joriy etish uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda amaliy yordam
  • Qo‘mita xodimlarining malakasini oshirish
  • Raqamli platformalarni tartibga solishda tajriba almashish
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling