Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 15/03/2025 O‘zbekiston va ADQ sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilma sohalarida qo‘shma loyihalar tayyorlamoqda

O‘zbekiston va ADQ sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilma sohalarida qo‘shma loyihalar tayyorlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ADQ kompaniyasining katta ijrochi direktori Roderik Meters va "Plenary Group"ning Yaqin Sharq bo‘yicha bosh ijrochi direktori Mustafo Faxur bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar shu yilning yanvar oyida BAAga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar.

Xususan, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida sog‘liqni saqlash, ta’lim, tog‘-kon sanoati, uy-joy va infratuzilma qurilishi, suv ta’minoti tizimlarini boshqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga tayyorligini bildirdilar va muhokama qilingan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun samarali hamkorlik qilish mexanizmini ishlab chiqdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling