O‘zbekiston U-17 jamoasi SSKA ustidan g‘alaba qozondi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning o‘smirlar terma jamoasi (17 yoshgacha) Rossiya poytaxti Moskvadagi “Oktyabr” stadionida SSKA jamoasining yoshlar tarkibiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Kurashlarga boy kechgan bellashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar 1:0 hisobida minimal g‘alabaga erishdi. Yagona va g‘alaba golini Abubakir Shukurullayev urdi.
Ushbu o‘yin jamoamizning shu yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni doirasida tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempioni hisoblanadi.