Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 20/11/2024 O‘zbekiston tug‘ruqxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 100 million dollar ajratadi

O‘zbekiston tug‘ruqxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 100 million dollar ajratadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

O‘zbekiston rahbari o‘rtacha umr ko‘rishni 78 yoshga yetkazish uchun aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qulayligi va sifatini oshirish zarurligini ta’kidladi.

2025 yilda birlamchi bo‘g‘inda 3 million 700 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish, bu jarayonni raqamlashtirish orqali saraton kasalini erta aniqlash ko‘rsatkichini 85 foizga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.

Hukumat mahallalardagi 18 mingta tibbiyot brigadalarini o‘qitish, 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish bo‘yicha yangi tizimni joriy etadi. Shu bilan birga tug‘ruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 million dollar yo‘naltiriladi.

Shavkat Mirziyoyev hukumat tomonidan sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish kabi yo‘nalishlarda maxsus dasturlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling