Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Transport vazirligi Hyundai Rotem kompaniyasi bilan elektropoyezdlar yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 1-iyul kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Janubiy Koreyaning “Hyundai Rotem” kompaniyasi vitse-prezidentlari Kvag Chol Xun va Li Vonsang boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Hyundai Rotem” kompaniyasidan xarid qilinayotgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta elektropoyezdni ishlab chiqarish jarayonlarining bugungi holati va yetkazib berish muddatlari bo‘yicha axborot berildi.
Shuningdek, tomonlar “Hyundai Rotem” kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi.