Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 14/03/2025 O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari Istanbulda TDT bosh kotibi bilan uchrashdi

O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari Istanbulda TDT bosh kotibi bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov kecha Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv TDT tashqi ishlar vazirlari o'rinbosarlarining navbatdagi yig'ilishi doirasida bo'lib o'tdi.

Mazkur tashkilot doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Barcha asosiy yo'nalishlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, TDT tarkibiga kiruvchi tuzilmalar faoliyati samaradorligini oshirish muhimligi ta'kidlandi.

Davlatimiz rahbarining tashkilot Sammitlari chog'ida bildirilgan tashabbus va takliflarini samarali amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling