Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 12/08/2025 O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston elchisi bilan uchrashib, strategik hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tojikiston elchisi bilan uchrashib, strategik hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, muntazam almashinuvni rag‘batlantirish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyot sohasidagi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling