O‘zbekiston san’ati 32-Xalqaro Aspendos opera va balet festivalida yangraydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 32-Xalqaro Aspendos opera va balet festivali joriy yilning 14 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Turkiyaning Aspendos qadimiy teatrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu festivalda italiyalik tenor Rikkardo Massi va rossiyalik soprano Olga Maslova bundan 2000 yil avval rimlik tomoshabinlar to‘plangan qadimiy teatrda chiqish qilishadi. Mazkur festival dunyodagi eng yaxshi saqlanib qolgan qadimiy amfiteatrni zamonaviy opera teatrlari bilan raqobatlashadigan yulduzlar bilan toʻla madaniy maskanga aylantiradi.
Ushbu festivalning ajoyib jihati: Puchchinining “Turandot” yoki Verdining “Traviata” asarini ovoz kuchaytirgichsiz eng baland o‘rindiqlargacha ovoz yetib boradigan ajoyib akustikaga ega bo‘lgan joyda tomosha qilishni tasavvur qiling-a!!!
Festival 14-sentabr kuni kuchli jamoaning Puchchinining sovuq xitoy malikasi haqidagi ertagi “Turandot” ni ijro etishi bilan ochiladi. Xalqaro opera yulduzi Rikkardo Massi va mashhur rus soprano Olga Maslova Anqara va Antaliya davlat opera va balet boshqarmasi sahnalashtirgan spektaklni boshqarib, Rim imperiyasi davrida bu maskanni mashhur qilgan hayratomuz vokal tomoshasini va’da qilmoqda.
Dunyoga mashhur tenor Ivan Magri 27-sentyabr kuni “Tosca” operasida bosh rolni ijro etadi va operaning eng dramatik durdonalaridan birini xalqaro maydonda e’tirof etilgan ovozi bilan ham musiqiy, ham hissiy jihatdan kuchli muhitda kuylaydi. Festival madaniy ko‘prik qurilishiga xizmat qiluvchi lahza bilan yakunlanadi: O‘zbekistonning nufuzli Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri 1 oktabr kuni Verdining qalblarni larzaga soluvchi “Traviata” asarini taqdim etadi va bu tarixiy maskanda kamdan-kam uchraydigan xalqaro hamkorlikning namunasidir.
Festival faqat opera bilan cheklanmay, qadimiy tosh sahnani haqiqiy raqs jannatiga aylantiruvchi balet durdonalarini taqdim etadi:
• 17-sentabr: “Zorba” – Mikis Teodorakisning o‘lmas musiqasiga ishlangan ramziy sirtaki raqsi bilan hayotni ulug‘lovchi yunon hikoyasi
• 20 sentyabr: “Swan Lake” - xoreograf Rikardo Amarante tomonidan yangicha talqinda ishlangan Chaykovskiyning abadiy durdona asari
• 24 sentyabr: “Don Quixote” –Servantesning sevimli qahramoni va ispan madaniyatini jo‘shqin bayramona ulug‘lash.
Milodiy 2-asrda qurilgan Aspendos teatri nafaqat Turkiyadagi eng yaxshi saqlanib qolgan Rim teatri, balki butun dunyo boʻylab Rim meʼmorchiligining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. 2003-yildan beri Yevropa festivallari assotsiatsiyasining faxrli a’zosi bo‘lgan festival Yevropa va undan tashqaridagi opera va balet ixlosmandlari uchun madaniy ziyoratgohga aylandi.
Qolaversa, murakkab ovoz tizimlarini talab qiladigan zamonaviy maydonlardan farqli o‘laroq, Aspendosning 2000 yillik dizayni tabiiy ravishda spektakllarning ovoz darajasini 15 000 o‘rindiqgacha oshiradi - bu qadimiy muhandislik mo‘jizasi ham ijrochilarni, ham tomoshabinlarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.