Valyuta kurslari 06/02/2025
$1 – 12985.32
UZS – -0,1%
€1 – 13511.23
UZS – 0,53%
₽1 – 132.22
UZS – 0,71%
Qidirish
Iqtisod 05/02/2025 O‘zbekiston Prezidenti "Petronas" korporatsiyasi bilan sheriklikni rivojlantirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Prezidenti "Petronas" korporatsiyasi bilan sheriklikni rivojlantirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuala-Lumpur shahridagi ishbilarmonlik dasturining davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim «Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi - "Twin Towers" binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Neft-gaz, neft-kimyo va qayta tiklanuvchi energetika sohalarida yetakchilardan biri bo‘lgan ushbu global kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari xomashyoni chuqur qayta ishlash va "yashil" energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi istiqbolli rejalarni qo‘llab-quvvatladi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, karbonat angidrid gazini ushlab qolish va saqlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, “Petronas” universiteti negizida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling