Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 24/06/2025 O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-iyun kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling