Valyuta kurslari 19/03/2025
$1 – 12935.68
UZS – -0,06%
€1 – 14164.57
UZS – 0,4%
₽1 – 158.80
UZS – 3,32%
Qidirish
O‘zbekiston 18/03/2025 O‘zbekiston Prezidenti AQSHga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti AQSHga hamdardlik bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga mamlakat markaziy va janubiy hududlarida ro‘y bergan halokatli tornado oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Davlat rahbari o‘z murojaatida ofat tufayli ko‘plab insonlarning hayotdan ko‘z yumgani, jabrlanganlar va katta iqtisodiy zarar keltirilganini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila aʼzolariga tasalli va hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

O‘tgan dam olish kunlari AQSHning markaziy va janubiy hududlariga kuchli tornado yog‘di. CNN maʼlumotlariga ko‘ra, 17 mart holatiga ko‘ra halok bo‘lganlar soni kamida 39 kishiga yetdi, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Shuningdek, 250 mingdan ortiq xonadon elektr taʼminotisiz qolgan.

Eng ko‘p zarar ko‘rgan shtatlar qatorida Missisipi, Missuri, Texas, Oklaxoma, Kanzas va Arkanzas bor. Kuchli shamollar chang‘ bo‘ronlari bilan birga kelib, yo‘llarda ko‘rinishni yomonlashtirgan. Amerika OAV xabariga ko‘ra, ayrim qurbonlar noqulay ob-havo sababli yuz bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling