Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
O‘zbekiston 21/08/2025 O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni "Ozarbayjon - Turkmaniston - O‘zbekiston" formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

"Avaza" milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan tadbir kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling