Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
Iqtisod 25/08/2025 O‘zbekiston Migratsiya agentligi xorijda noqonuniy ishga joylashish xavflari haqida ogohlantirdi

O‘zbekiston Migratsiya agentligi xorijda noqonuniy ishga joylashish xavflari haqida ogohlantirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi fuqarolarga xorijda noqonuniy mehnat faoliyati bilan bog‘liq xavf-xatarlar haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 apreldagi 252-sonli qaroriga muvofiq, fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish faoliyati bilan Migratsiya agentligi shug‘ullanadi. Shuningdek, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonun ga muvofiq, faqat Migratsiya agentligi tomonidan litsenziya berilgan xususiy bandlik agentliklari ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.

Bunday kompaniyalarning rasmiy ro‘yxati ochiq tarzda eʼlon qilingan.

Migratsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda "baʼzi bir ishbilarmonlar"ning ijtimoiy tarmoqlardagi eʼlonlar orqali konsalting yoki axborot xizmati niqobi ostida fuqarolardan pul yig‘ib xizmat ko‘rsatmaganliklari hamda litsenziyasiz xorijga ishga jo‘natish bilan shug‘ullanayotganlari aniqlangan.

Tekshiruvlar natijasida WORLDVISA MCHJ, Everyone Consult MCHJ, Adworld Group MCHJ, RICH RESULT MCHJ va Ravon Consult Group MCHJ qonunbuzarlik uchun javobgarlikka tortildi hamda har biriga 112,5 mln so‘m miqdorida jarima belgilandi. Hujjatlar Toshkent, Urganch va Bekabod shaharlararo iqtisodiy sudlariga yuborildi.

Agentlikda taʼkidlanishicha, litsenziyasiz tuzilmalar orqali ishga joylashishga urinish jiddiy moliyaviy yo‘qotishlar va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Fuqarolarga faqat rasmiy reyestrga kiritilgan kompaniyalarga murojaat qilish, shartnomalarni imzolashdan oldin puxta o‘rganish va shubhali to‘lovlardan saqlanish tavsiya etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling