Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston mahalliy yo‘llarni modernizatsiya qilish uchun 173,4 million dollarlik bitimni OIIB bilan imzoladi

O‘zbekiston mahalliy yo‘llarni modernizatsiya qilish uchun 173,4 million dollarlik bitimni OIIB bilan imzoladi

O‘zbekiston mahalliy yo‘llarni modernizatsiya qilish uchun 173,4 million dollarlik bitimni OIIB bilan imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mahalliy yo‘llarni rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun 173,4 mln AQSh dollari miqdorida moliyalashtirishni ma’qulladi. Mablag‘lar O‘zbekiston hukumati strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga, ya’ni transport aloqadorligini yaxshilashga, xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga va mamlakatning g‘arbiy hududlarida iqlim barqarorligini oshirishga yo‘naltiriladi.

Bosqichma-bosqich moliyalashtirish doirasida OIIB va O‘zbekiston hukumati birinchi bosqich uchun 71,1 mln dollarlik qarz shartnomasini imzoladi. Ushbu bosqich Xorazm viloyatidagi mahalliy yo‘llarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi. Ikkinchi bosqich esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida shunga o‘xshash ishlarni o‘z ichiga oladi.

Loyiha doirasida 516,1 km mahalliy yo‘llar ta’mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi: Xorazm viloyatining 9 ta tumanida 16 ta uchastka (188 km), Qoraqalpog‘istonning 14 ta tumanida esa 23 ta uchastka (328,1 km). Mazkur ishlar aholi uchun bozorlarga, tibbiyot va ta’lim muassasalariga hamda boshqa ijtimoiy xizmatlarga yetib borish imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi.

«Bu OIIB ishtirokchi davlatlarda inklyuziv va barqaror infratuzilmani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashining yaqqol ko‘rinishidir», — dedi OIIB investitsiyalar bloki rahbari Konstantin Limitovskiy. — «O‘zbekiston hukumati bilan bosqichma-bosqich va kelajakni ko‘zlagan investitsiya dasturini ishlab chiqishimiz hududiy bog‘liqlikni mustahkamlash, iqlim barqarorligini oshirish hamda millionlab odamlar uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga xizmat qilmoqda»

Loyiha amalga oshirilishi g‘arbiy hududlarda yashovchi 3,8 mln dan ortiq aholiga bevosita foyda keltiradi, yo‘l harakati xavfsizligini oshiradi, ijtimoiy xizmatlar va bozorlarga yetib borish imkoniyatlari kengaytiriladi, aholi mobilligini kuchaytiradi. Iqlimga mos yechimlar, raqamli monitoring vositalari va ayollar hamda yoshlarning faol ishtirokiga alohida e’tibor qaratilishi tufayli loyiha hududlarning milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga xizmat qiladi.

O‘zbekiston OIIBning asoschi a’zosi va Markaziy Osiyodagi eng faol hamkorlaridan biri bo‘lib, transport, energetika, suv ta’minoti va shahar infratuzilmasi sohalaridagi loyihalar portfeli tobora kengayib bormoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling