O‘zbekiston Konchilik va geologiya vazirligi JDB Group Limited bilan tog‘-kon sanoatiga investitsiyalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Xitoyning JDB Group Limited kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda vazir o‘rinbosari U.Yusupov hamda vazirlik mutasaddilari JDB Group Limited kompaniyasi raisining o‘rinbosari Chan Man In hamda kompaniya vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlar, yer qa’ri foydalanuvchilari va tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shu bilan birga, kompaniya vakillarinining hududlarga tashrifi va joyiga chiqqan holda istiqbolli maydonlarda o‘tkazilgan o‘rganishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Shu bilan birga, kompaniya vakillari bilan Anglashuv memorandumi imzolanib, istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirishda hamkorlik qilishga kelishildi.