Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 13/08/2025 O‘zbekiston kiyim eksportini oshirish uchun AQSHda savdo uylari ochadi

O‘zbekiston kiyim eksportini oshirish uchun AQSHda savdo uylari ochadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston AQSH bozoriga tayyor kiyim-kechak eksportini ko‘paytirish maqsadida Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida ikki savdo uyini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tekstil sohasining eksport salohiyati va zaxiralaridan foydalanishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, AQSH tekstil bozorining yillik hajmi qariyb 100 milliard dollarga teng. Agar qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshirilsa, O‘zbekiston eksporti 5–6 barobarga oshishi mumkin.

Taʼminot hajmini kengaytirish maqsadida Texnik tartibga solish agentligiga xalqaro sertifikatga ega korxonalar sonini 300 taga yetkazish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligiga aylanmasi bir milliard dollardan yuqori bo‘lgan brendlar bilan hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish va sentyabr oyida Toshkentda o‘tadigan yirik ko‘rgazmaga ularni taklif etish topshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling