Valyuta kurslari 27/08/2025
$1 – 12354.65
UZS – 0,4%
€1 – 14384.52
UZS – -0,03%
₽1 – 153.93
UZS – 0,9%
Qidirish
O‘zbekiston 26/08/2025 O‘zbekiston-Iordaniya sammiti yakunlandi

O‘zbekiston-Iordaniya sammiti yakunlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O‘zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

Kuni kecha davlat rahbarlari Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Bugun bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari belgilandi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.

Tadbirlar yakunlangach, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling