Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O'zbekiston hududlari va Eronning Isfahon viloyati o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Isfahon Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo'jaligi palatasi raisi Amir Koshoniy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Amir Koshoniy O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, xorijiy tadbirkorlar va salohiyatli investorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadi. U, shuningdek, o'zaro savdoni rivojlantirishda hududlarda o'tkaziladigan ko'rgazmalarda tomonlarning ishtiroki muhimligini ta'kidladi.

Eron tomoni o'zbekistonlik tadbirkorlarni Isfahonga taklif etdi va tegishli sohalar bo'yicha "B2B" uchrashuvlarni tashkil etishga tayyorligini tasdiqladi.

Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat rahbarlari o'rtasida doirasida o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo'yicha erishilgan kelishuvlarni o'z vaqtida amalga oshirishga alohida e'tibor qaratdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling