Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
O‘zbekiston gumanitar aksiya doirasida 1200 dan ortiq fuqarolarini Vatanga qaytardi

O‘zbekiston gumanitar aksiya doirasida 1200 dan ortiq fuqarolarini Vatanga qaytardi

O‘zbekiston gumanitar aksiya doirasida 1200 dan ortiq fuqarolarini Vatanga qaytardi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 30 iyuldan 30 avgustga qadar O‘zbekistonda «Vatanga qaytish» gumanitar aksiyasi o‘tkazildi. U BMT belgilagan Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuniga bag‘ishlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Ushbu tashabbus doirasida Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari og‘ir hayotiy sharoitga tushib qolgan va deportatsiya markazlarida bo‘lgan fuqarolarning Vatanga qaytishiga ko‘maklashdi.

Jami 15 ta davlatdan 1224 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarildi. Ular orasida 654 nafar ayol, 570 nafar erkak va 438 nafar bola bor. Qo‘shimcha ravishda 2113 nafar vatandosh belgilangan tartibda huquqiy maslahatlar oldi.

Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari dunyoda qaysi mamlakatda bo‘lishidan qatʼi nazar, davlat himoyasi ostida hisoblanadi.

Prezidentning xalqchil siyosati va vatandoshlarni xorijda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarini amalga oshirish Tashqi ishlar vazirligining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling