Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
O‘zbekiston 26/08/2025 O‘zbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25-avgust kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasining shu yil sentabr oyida Belarus Respublikasiga amalga oshiradigan tashrifi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bаg‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bo‘lajak tashrif doirasidagi asosiy tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish, ustuvor mavzular va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, tibbiyot, taʼlim va turizm sohalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumida 7 ta mavzu bilan bog‘liq seksiyalar o‘tkaziladi. Ular doirasida tegishli sohalar bo‘yicha tajriba almashish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif doirasida Vitebsk shahrida “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasini o‘tkazish ham nazarda tutilgan. Unda mamlakatimizning oziq-ovqat, farmatsevtika, yengil sanoat, turizm, hunarmandchilik va elektronika sohalarida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq tadbirkor ayollarning mahsulotlari namoyish etiladi.

Yig‘ilish yakunida biznes-forumni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazirlik va idoralar masʼullariga aniq topshiriqlar berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling