Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
O‘zbekiston delegatsiyasi startaplar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasini o‘rganmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi startaplar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasini o‘rganmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi startaplar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Janubiy Koreya tajribasini o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreya startaplarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsiyalarni rivojlantirishda dunyoda yetakchi davlatlardan biri sanaladi. “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining navbatdagi tashriflari aynan ushbu yo‘nalishga qaratildi.

Delegatsiya KISEd (Korea Institute of Startup & Entrepreneurship Development) rahbarlari bilan uchrashib, startap va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy tajriba bilan tanishdi.

Shuningdek, Seul fan va texnologiyalar milliy universitetiga tashrif buyurildi. Universitetda Startup Support Foundation, Startup Training Programs, Student Startup Support va Business Incubation Support kabi dasturlar amalga oshirilib, yoshlar va talabalarning biznes g‘oyalarini sinovdan o‘tkazish hamda bozorga chiqarish imkoniyatlari yaratilgan.

Uchrashuvlarda Janubiy Koreya tajribasini O‘zbekistonda joriy etish masalalari muhokama qilindi. Universitet vakillari malakali mutaxassislarni jalb qilish va tajriba almashish dasturlarini birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Natijada, KISEd bilan hamkorlikda startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini O‘zbekistonda joriy etish, Seul fan va texnologiyalar milliy universiteti bilan tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zbekistonlik yoshlar va talabalarni startap dasturlariga jalb qilish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling