Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Sport 23/08/2025 O‘zbekiston delegatsiyasi “Manchester Siti” va “Siti Football Group” bilan hamkorlikni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi “Manchester Siti” va “Siti Football Group” bilan hamkorlikni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Angliyaning Manchester shahrida xizmat safarida boʻldi. Tashrif doirasida “City Football Group” xolding kompaniyasi va “Manchester Siti” klubi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Safar davomida oʻzbekistonlik rasmiylar xolding Bosh operatsion direktori Rul de Fris, Boshqaruv direktori Denni Uilson, futbol biznesi boʻyicha bosh direktori Klayv Rivz va boshqa koʻplab yoʻnalishlar boʻyicha boshqaruvchilar bilan istiqbolli loyihalarni koʻrib chiqishdi. Asosiy eʼtibor oʻzbek futbolini yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi. Xususan, tizimda innovatsion yondashuvlar, zamonaviy akademiya tashkil etish, klub infratuzilmasini yaxshilash va xalqaro tajribani joriy etish kabi muhim yoʻnalishlar muhokama qilindi.

Oʻz navbatida kompaniya vakillari Oʻzbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga yoʻl olgani mamlakatimizda futbol rivoji yuqori darajaga chiqayotganidan dalolat berishini, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning transferidan keyin oʻzbek futboliga qiziqish ortganini taʼkidlashdi.

Shuningdek, oʻzbek klublaridan birini “City Football Group” tizimiga integratsiya qilish muzokaralarning asosiy mavzularidan boʻldi. Tashrif davomida rasmiylar “Manchester siti“ klubining akademiyasi va jamoa tizimi bilan yaqindan tanishishi koʻzda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling