Valyuta kurslari 22/11/2024
$1 – 12844.21
UZS – -0,09%
€1 – 13508.26
UZS – -0,46%
₽1 – 127.35
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 30/10/2024 O‘zbekiston “Bir mamlakat, bir ustuvor mahsulot” (OCOP) tashabbusini ilgari surmoqda

O‘zbekiston “Bir mamlakat, bir ustuvor mahsulot” (OCOP) tashabbusini ilgari surmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tanlab olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining (SAP) barqaror qiymat zanjirlarini rag‘batlantirishga qaratilgan “Bir mamlakat, bir ustuvor mahsulot” (OCOP) tashabbusini amalga oshirmoqda.

Hozirda 87 ta davlat 53 ta tanlab olingan mahsulotni qo’llab-quvvatlash bo‘yicha OCOP tashabbusiga qo‘shildi. Gilosning O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, kichik fermerlarni qo‘llab-quvvatlash va barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini targ‘ib qilishdagi rolini inobatga olgan holda, u O‘zbekistonning ustuvor mahsuloti sifatida tanlandi.

2024-yil 25-oktyabrda OCOP tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha Milliy ishchi guruhini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Texnik ishchi guruhining (TIG) birinchi yig'ilishi bo‘lib o'tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Agrosanoat majmuini rivojlantirish agentligi, O‘simliklar karantini va muhofazasi agentligi, shuningdek, akademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirok etdi. Bundan tashqari, yig‘ilishda xususiy agrobiznes kompaniyalari va Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash dasturi (EU ASK Facility) vakillari ham qatnashdilar. Yig’ilish ishtirokchilarining e’tibori gilos uchun barqaror qiymat zanjirini yaratishga qaratilib, bu kichik fermerlarga foyda keltiradi, mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlaydi va atrof-muhitni muhofaza qiladi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi OCOP bo’yicha TIG tarkibi va vazifalari yuzasidan kelishib oldilar. Bu guruh davlat organlari, fermerlar assotsiatsiyalari, xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi, shuningdek, OCOP tashabbusini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi.

FAO tomonidan asos solingan global OCOP tashabbusi mamlakatlarga oziq-ovqat xavfsizligi va to‘yib ovqatlanmaslik muammolarini hal qilish, shuningdek, mahalliy iqtisodni ko‘tarish uchun geografik ko‘rsatkichlar va mahalliy madaniy meros orqali kelib chiqqan mamlakatlari bilan bog‘langan tanlab olingan qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun barqaror yetkazib berish zanjirlarini yaratishda yordam berishga qaratilgan. Ushbu tashabbus FAOning 2022–2031 yillarga mo‘ljallangan strategik dasturiga mos keladi va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) erishishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda Yevropa va Markaziy Osiyoda 11 ta davlat, jumladan, Albaniya (kashtan), Ozarbayjon (anor), Qozog‘iston (olma) va Turkiya (anjir) tanlab olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (SAP)ni targ‘ib qilmoqda.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling