O‘zbekiston bank sektorida muammoli kreditlar ulushi 4,5% darajasida qoldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil fevrali yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank sektorida umumiy kredit portfeli 1,1% ga o‘sib, 540 trln so‘mdan oshdi. Muammoli kreditlar (NPL) ulushi 4,5% darajasida saqlanib qoldi, bu taxminan 24,35 trln so‘mni tashkil etadi.
Davlat banklarida muammoli kreditlar ulushi 4,6% (17,02 trln so‘m) darajasida qolgan bo‘lsa, xususiy banklarda bu ko‘rsatkich 4,2% dan 4,3% ga (7,33 trln so‘m) oshgan.
Janvar oyida keskin o‘sish kuzatilgandan so‘ng (4,0% dan 4,5% ga), fevralda NPL darajasi o‘zgarmagan.
Alohida banklarda muammoli kreditlar bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi:
Oshgan banklar:
“O‘zmilliybank” — 3,5% → 3,7%
"Ipoteka bank" — 10,1% → 11,0%
“Kapitalbank” — 4,7% → 4,9%
"Garant bank" — 18,6% → 21,7%
Kamaygan banklar:
“O‘zsanoatqurilishbank” — 4,6% → 4,4%
"Biznesni rivojlantirish banki" — 9,2% → 9,0%
“Infinbank” — 1,5% → 1,2%
“Hamkorbank” — 1,7% → 1,5%
"Madad invest bank" — 19,5% → 11,0% (eng katta pasayish)
Muammoli kreditlar hajmi bo‘yicha yetakchi banklar:
“O‘zmilliybank” — 4 trln so‘m
"Ipoteka bank" — 3,81 trln so‘m
“O‘zsanoatqurilishbank” — 2,95 trln so‘m